CorelX

Rhinestone toshlar qolipini oson yasash uchun dastur

PaintX Rasm ustiga

CorelX nima

CorelX rhinestone toshlar qolipini oson yasash uchun dastur. Doiralarni brauzerda joylashtirasiz, natijani CorelDRAW ochadigan SVG fayl qilib olasiz.

Ikki rejim

RejimQachon kerak
Rasm ustigaRasm yoki eskiz bor, uning ustidan doiralarni erkin joylashtirish kerak. Har bir doira o'z mm koordinatasida turadi.
To'r rejimiDoiralar qat'iy qator va ustunlarda turadigan naqsh: lenta, hoshiya, tayyor ornament.

Rasm ustiga: ish tartibi

  1. Rasm yuklash. Chapdagi "Rasm" bo'limida Rasm yuklash tugmasini bosing. Rasm serverga yuborilmaydi, faqat brauzerda ochiladi.
  2. Kesish. Kesish oynasi ochiladi. To'rtta raqamlangan burchak nuqtasini kerakli joyga torting: 1 chap yuqori, 2 o'ng yuqori, 3 o'ng past, 4 chap past. Qiyshiq olingan surat ham to'g'ri to'rtburchakka tekislanadi.
    • Kesish va boshlash belgilangan sohani kesib, ishni boshlaydi.
    • Butun rasm kesmasdan davom etadi.
    • Ramkani tiklash burchaklarni boshlang'ich joyiga qaytaradi.
  3. O'lcham. "Eni, mm" maydoniga rasmning haqiqiy enini yozing va O'lchamni qo'llash ni bosing. Bo'yi rasm nisbatidan o'zi hisoblanadi. Shu qadam doiralarning haqiqiy o'lchamini belgilaydi, shuning uchun uni chizishdan oldin bajaring.
  4. Doira sozlamasi. "Doira" bo'limida tosh o'lchamini ro'yxatdan tanlang (SS6, SS10 ...) yoki diametrni mm da qo'lda yozing, keyin oraliqni kiriting. Oraliq ikki qo'shni doira chetlari orasidagi masofa.
  5. Chizish. Asbobni tanlab, rasm ustidan doiralarni qo'ying.
  6. Saqlash. SVG yuklab olish orqali natijani CorelDRAW ga o'tkazing.

Rasm yuklamasdan ham bo'sh varaqda chizish mumkin: eni va bo'yini mm da kiriting.

"Rasm shaffofligi" surgichi va "Rasmni ko'rsatish" belgisi fonni xiralashtiradi yoki yashiradi. Qayta kesish asl rasmni yana kesish oynasida ochadi; chizilgan doiralar joyida qoladi.

Asboblar

AsbobTugmaQanday ishlaydi
NuqtaPBosilgan joyga bitta doira tushadi.
Erkin chiziqFSichqonchani bosib yurgizing: doiralar belgilangan oraliq bilan ergashib chiziladi.
B-splaynSNuqtalarni ketma-ket bosing. Silliq egri chiziq va doiralar sichqonchaga ergashib oldindan ko'rinadi. Tugatish: ikki marta bosish, Enter yoki sichqonchaning o'ng tugmasi. Backspace oxirgi nuqtani olib tashlaydi, Esc chiziqni bekor qiladi.
Siniq chiziqLNuqtadan nuqtaga to'g'ri kesmalar. Tugatish B-splayn bilan bir xil.
AylanaCMarkazni bosib, radiusgacha torting. Doiralar aylana bo'ylab teng taqsimlanadi.
To'ldirishGNuqtalarni bosib kontur chizing. Birinchi nuqtani bosish, ikki marta bosish yoki Enter konturni yopadi va ichini doiralar bilan to'ldiradi. "To'ldirish turi": piramida (zich) yoki to'g'ri to'r. Doiralar kontur chizig'idan chiqmaydi.
SurishMChiziqni bossangiz tanlanadi, tortsangiz butun chiziq suriladi. Strelkalar 1 mm ga suradi (Shift bilan 5 mm, Ctrl bilan 0,1 mm), Delete o'chiradi.
ShaklF10Chiziqni bosing, keyin boshqaruv nuqtalarini torting: egri o'zgaradi, doiralar qayta taqsimlanadi. Chiziq ustiga ikki marta bosish nuqta qo'shadi, nuqtaga ikki marta bosish uni o'chiradi.
O'chirishEBosib yurgizing: tegilgan doiralar o'chadi. Shift bilan butun chiziq o'chadi.

Chiziq bo'ylab doiralar teng taqsimlanadi va oraliq hech qachon belgilangandan kichik bo'lmaydi; chiziq uzunligiga sig'ishi uchun biroz kattalashishi mumkin.

Chiziqni keyin o'zgartirish

  1. Surish (M) yoki Shakl (F10) asbobi bilan chiziqni bosing. U ko'k halqalar bilan ajratiladi, boshqaruv nuqtalari ko'rinadi.
  2. "Doira" bo'limidagi qiymatni o'zgartiring: tosh o'lchami, diametr, oraliq, kontur qadamlari, kontur tomoni yoki to'ldirish turi. Doiralar darhol qayta taqsimlanadi.
  3. Bo'sh joyni bosing yoki Esc ni bosing: tanlash bekor bo'ladi.
Nima bilan chizilganDiametrOraliqKonturNuqtalar
B-splayn, Siniq chiziq, Aylanahahahaha
To'ldirishhahayo'qha
Nuqta, Erkin chiziqhayo'qyo'qyo'q
Ayrim doiralari o'chirilgan chiziqhayo'qyo'qyo'q

Kontur chiziqqa parallel qatorlar qo'shadi (CorelDRAW dagi Contour kabi). "Kontur qadamlari" qo'shimcha qatorlar soni, 0 bo'lsa bitta qator. "Kontur tomoni": tashqariga (ochiq chiziqda chizish yo'nalishidan o'ngga), ichkariga (chapga) yoki ikki tomonga. Qatorlar orasi diametr va oraliq yig'indisiga teng.

Chiziqdan ayrim doiralarni o'chirsangiz yoki ustma-ustlarni tozalasangiz, uning oralig'i va konturini endi o'zgartirib bo'lmaydi. Avval sozlamalarni to'g'rilab, keyin ortiqcha doiralarni o'chiring.

Siniq chiziqning o'tkir ichki burchagida kontur qatorlari bir-biriga kirib qolishi mumkin. Buni "Tekshiruv" bo'limi ko'rsatadi.

Nusxa va burish

Avval Surish asbobi bilan chiziqni tanlang, keyin "O'zgartirish" bo'limidan foydalaning. Amallar bir vaqtda bitta chiziqqa qo'llanadi.

AmalQanday ishlaydi
Nusxa (Ctrl + D)Tanlangan chiziqning nusxasi 5 mm surilgan holda paydo bo'ladi va tanlanadi.
Burish, nusxalar soni 0Chiziqning o'zi kiritilgan burchakka buriladi. Musbat burchak soat miliga teskari.
Burish, nusxalar soni NAsl chiziq joyida qoladi, N ta nusxa yaratiladi: birinchisi bir burchakka, ikkinchisi ikki burchakka va hokazo buriladi.
Burish markazi"Chiziq markazi" yoki "Rasmda belgilanadi": ikkinchisida Burish bosilgach markazni rasmda bosasiz.

Doiraviy massiv (gul, yulduz): bitta bargni chizing, burchakka 360 ni barglar soniga bo'lib yozing, nusxalar soniga barglar sonidan bitta kam qo'ying, markazni rasmda belgilang. Masalan 6 barg: burchak 60, nusxalar 5.

Ustma-ust tekshiruvi

  • Ustma-ustlarni ko'rsatish belgilansa, bir-biriga kirib qolgan doiralar qizil halqa oladi va soni "Hisobot" da chiqadi.
  • "Minimal oraliq, mm": doira chetlari orasida kamida shuncha joy bo'lishi kerak. 0 bo'lsa faqat haqiqatan kirib qolganlari belgilanadi; bir-biriga tegib turganlari xato hisoblanmaydi.
  • Ustma-ustlarni tozalash har bir ziddiyatda keyin qo'yilgan doirani o'chiradi. Ctrl + Z bilan qaytarish mumkin.

Palitra va hisobot

  • Ranglar ekranning o'ng chetidagi tik tasmada turadi. Rangni bossangiz, keyingi chiziqlar shu rangda chiziladi.
  • Tasma tepasidagi + ixtiyoriy rang tanlash oynasini ochadi. Bitta dizaynda ko'pi bilan 36 ta rang ishlatiladi.
  • Chizilgan doiralar rangini almashtirish: ularni belgilang, tasmadan rang tanlang, o'ng tugma - Tanlangan rangga bo'yash.
  • "Hisobot" bo'limida har bir rang bo'yicha dona soni, jami dona va chiziqlar soni ko'rinadi.

Klaviatura

TugmaVazifasi
P F S L C G M F10 EAsbob tanlash. Qo'shimcha: N ham Shakl, X ham O'chirish
EnterB-splayn, siniq chiziq yoki to'ldirish konturini tugatish
BackspaceChizilayotgan chiziqning oxirgi nuqtasini olib tashlash
EscChizilayotgan chiziqni yoki tanlashni bekor qilish
DeleteTanlangan chiziqni o'chirish
StrelkalarTanlangan chiziqni 1 mm ga surish; Shift bilan 5 mm, Ctrl bilan 0,1 mm
Ctrl + DTanlangan chiziqdan nusxa olish
F4Varaqni ekranga moslash
Ctrl + ZOrtga qaytarish (50 qadamgacha)
Ctrl + Y yoki Ctrl + Shift + ZQaytarilganni tiklash
Sichqoncha g'ildiragiYaqinlashtirish va uzoqlashtirish; kursor turgan joy o'rnida qoladi
Ctrl + g'ildirak, Alt + g'ildirakVaraqni gorizontal va vertikal surish
G'ildirakni bosib tortishVaraqni istalgan tomonga surish

Kursor son maydonida turganda harf tugmalari asbob tanlamaydi. Avval Esc ni bosing yoki rasm ustini bosing.

Saqlash va CorelDRAW

TugmaNima beradiCorelDRAW da
SVG yuklab olishVektor fayl: har bir doira alohida obyekt, rang bo'yicha guruhlangan, o'lcham mm da.File → Open yoki File → Import. Makros kerak emas.
Faylga saqlashIshni .json faylga saqlaydi: varaq o'lchami, palitra, barcha chiziqlar va ularning shakli.CorelDRAW uchun emas. Keyin Fayldan ochish bilan shu muharrirda davom ettirasiz.

Ish serverda saqlanmaydi. Sahifani yopishdan oldin Faylga saqlash ni bosing. Faylda fon rasmi bo'lmaydi: qayta ochganda rasmni yana yuklaysiz.

To'r rejimi

  1. O'lcham. Joylashuvni (piramida yoki to'g'ri to'r), ustun va satr sonini, diametr va oraliqni kiriting, O'lchamni qo'llash ni bosing. "Yoy (drop)" qatorlarni yoy shaklida egadi.
  2. Naqsh. "Tayyor naqsh" bo'limidan naqsh tanlab Naqshni qo'llash ni bosing yoki bo'sh to'rdan boshlang.
  3. Bo'yash. Palitradan rang tanlab, kataklarni asboblar bilan bo'yang.
  4. Natija. SVG yuklab olish CorelDRAW ochadigan vektor fayl beradi, PNG rasm qilib saqlaydi, Saqlash dizaynni umumiy "Dizaynlar" ro'yxatiga yozadi.
AsbobTugmaAsbobTugma
Cho'tkaBSatrH
ChiziqLUstunV
To'rtburchakRPipetkaI
TanlashSO'chirishE
To'ldirishFBurish 45°[ ]

"Tanlash" bilan soha belgilab, ichidan sudrab surasiz. Alt bilan nusxa ko'chadi, Delete o'chiradi, strelkalar bir katakka suradi.

To'r rejimidagi "Dizaynlar" ro'yxati hamma uchun umumiy: saqlangan dizaynni boshqa foydalanuvchilar ham ko'radi va o'chira oladi.

Cheklovlar

NimaChegara
Rasm ustiga: doiralar soni20000 dona
Rasm ustiga: varaq o'lchami10 – 3000 mm
Yuklangan rasmeng uzun tomoni 3000 px gacha kichraytiriladi
Doira diametri0.3 – 50.0 mm
Oraliq0.0 – 50.0 mm
Kontur qadamlari0 – 20
Burishdagi nusxalar soni200 tagacha
Palitra36 ta rang
To'r rejimi: to'r o'lchami300 ustun, 300 satr, jami 40000 katak